Politsiya Londonda Karl III ning toj kiyish marosimida jamoat tartibini saqlash vaqtida 52 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Skotland-Yard” politsiya mahkamasining matbuot xizmati xabar berdi.

“Bezorilik, tartibbuzarlik, osoyishtalikni buzish va jinoyatni amalga oshirish maqsadida til biriktirish, diniy haqorat, noqonuniy ravishda pichoq olib yurish kabi jinoyatlar sodir etganliklari uchun jami 52 kishi qo‘lga olindi. Ularning barchasi vaqtincha hibsda saqlanadi”, deyiladi xabarda.

Hibsga olinganlar orasida monarxiyaga qarshi “Respublika” guruhi a’zolari, jumladan, uning rahbari Grem Smit va “Neftni to‘xtatish” jamoatga bo‘ysunmaslik kampaniyasining 18 a’zosi bor.

Britaniyaning huquq himoyachilari politsiya harakatlarini haddan tashqari shavqatsiz va demokratiya uchun xavfli pretsedent yaratish, deb atadilar.

“Sky News” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Smit va “Respublika” guruhining besh a’zosi politsiya ularni voqea joyidan zudlik bilan olib ketmasligi uchun mikroavtobusda faollar ustunlar, panjaralar va boshqa jihozlarga o‘zlarini bog‘lash uchun foydalaniladigan kishanlar va qalin simlar olib yurgani sababli qo‘lga olgan.

Shanba kuni London ko‘chalarini o‘n yarim ming politsiyachi qo‘riqladi.

O‘zA