Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasida ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning ma’lum muddatga pasayishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi quyidagicha munosabat bildirdi:
Hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda bo‘lib, respublikamiz, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emasligini ma’lum qilamiz.
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangani, hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani bois ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan”.
N.Ziyodullayeva, O‘zA