Prezident Jo Bayden ma’muriyati faoliyat boshlagan davrdan buyon AQSHning Ukrainaga ko‘rsatgan jami harbiy yordami qiymati 36,4 milliard dollardan oshdi, deb ma’lum qildi Pentagon.
“Bayden ma’muriyati o‘z faoliyatini boshlagandan buyon Qo‘shma Shtatlarning Ukraina xavfsizligi uchun ko‘rsatgan harbiy yordami qiymati 36,4 milliard dollardan oshdi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya maxsus harbiy amaliyot boshlagan, ya’ni 2022 yil 24 fevraldan keyin AQSHning Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy yordami 35,7 milliard dollarni tashkil etgan.