Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘li Turkiyaga asossiz tanqidlar tufayli Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali uchun yozgan maqolasini qaytarib oldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Vazirning maqolasi jurnalning keyingi sonida chop etilishi kerak edi. Biroq joriy sonning muqovasida Turkiyadagi saylovlar haqida gap boradi, unda “Erdog‘an ketishi kerak”, “Demokratiyani qutqaring” iboralari mavjud. Jurnal “2023 yilning eng muhim saylovlari” sarlavhasi bilan boshlanadi.
Bu esa Chavusho‘g‘lining keskin tanqidlariga sabab bo‘ladi va u jurnal uchun yozgan maxsus maqolasini qaytarib oldi.
“Turkiyaninng ichki ishlariga tinmay aralashadiganlar bizni qiziqtirmaydi. Jurnal muqovasida “Erdog‘an ketishi kerak”, deb yozilgan. Ular xalqimiz uchun qarorlar qabul qilishadi, ularni boshqarishga urinishadi. Nega endi Erdog‘an ketishi kerak? Sizga buning nima qizig‘i bor? Angliyaga nima zarar beryapti?”, degan TIV rahbari.
“The Economist” jurnali Turkiyani birinchi marta tanqid qilishi emas, avvallari ham turli mavzularda respublika haqida tuxmat maqolalar chop etgan, deyiladi “Anadolu” xabarida.
O‘zA