AQSH Davlat kotibi va Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanning yaqin haftalarda Saudiya Arabistoniga tashrifi rejalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, Sallivan kelasi haftadayoq ar-Riyodga safarni amalga oshirishi mumkin. Uning saudiyalik, Birlashgan Arab Amirligi va hindistonlik hamkasblari bilan uchrashishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida Sallivan Valiahd shahzoda Saudiya Arabistoni Bosh vaziri Muhammad bin Salmon ol Saud bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Blinkenning Saudiyaga tashrifi keyingi oyga rejalanmoqda, deyiladi xabarda.
AQSH ma’muriyati vakillarining safarlari davomida asosan neft qazib olish, uni sotish va mintaqa transport infratuzilmasini rivojlantirish singari mavzular muhokama qilinadi.
O‘zA