AQSH Federal zaxira tizimi rahbari Jerom Pauell mamlakat bank sektoridagi vaziyat barqaror ekanini ta’kidladi. U ushbu fikrini AQSHning First Republic Bank (FRB) banki aksiyalari arzonlashib ketishi sharoitida bidirib, markaziy bank bozordagi vaziyatni monitoring qilib borishda davom etayotganini ta’kidladi.

“AQSH bank tizimi kuchli va barqarorligicha qolmoqda. Biz sohada kuzatilayotgan vaziyatni monitoring qilib borishda davom etamiz”, – dedi u chorshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.  

Pauellning qo‘shimcha qilishicha, markaziy bank monitoring olib borishidan maqsad kelgusida amerika banklarining tanazzulga uchrashishiga yo‘l qo‘ymaslik.

First Republic Bank inqirozga uchrashidan avval qariyb 230 milliard dollarlik aktivlarga va 10 milliard dollar atrofida depozitlarga ega edi.