Yaqin qarindosh hisoblanmagan biror kimsa, masalan, do‘st, hamkasb yoki qo‘ni-qo‘shnilarga mashinamizni haydab turishiga ruxsat berish uchun ishonchnoma rasmiylashtirish kerakligini yaxshi bilamiz.

Shu vaqtgacha odamlar bu turdagi ishonchnomani olish uchun Notarial idoralarga borib, navbatlarda turib, ko‘p vaqt yo‘qotar edi. O‘tgan yilning kuz oyidan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni my.gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

My.gov.uz orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomaning haqiqatan ishonchliligi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tezkor Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi. Bir zumda elektron ishonchnoma my.gov.uz portali orqali o‘z egasiga taqdim etiladi.

Xizmat narxi ishonchnoma qancha muddatga olinayotganiga qarab belgilanadi.

 

N.Rahmonova,

O‘zA