Polshaning “Polsat News” yangiliklar telekanalida mamlakatimizda o‘tkazilgan referendum natijasi sharhlangan navbatdagi 5 daqiqalik videolavha namoyish etildi. Video lavha muallifi – referendumni yoritish uchun ushbu davlatdan O‘zbekistonga kelgan muxbir Magdalena Pernet. Jurnalist ushbu voqeani “Yangi Konstitutsiya O‘zbekiston hayotiga kirib keldi”, deya talqin qilgan. Shuningdek, referendumga qadar ovoz berish huquqiga ega bo‘lganlar soni 20 millionga yaqinlashganini urg‘ulagan.

– Natijadan kelib chiqib, O‘zbekistonda Yangi Konstitutsiya kuchga kiradi. Shunga muvofiq, keng ko‘lamli, jumladan, fuqarolar huquqi va erkinligini kengaytirish, yoshlar tarbiyasi va ta’limiga e’tiborni oshirish, iqtisodiyot, siyosat masalalarida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi, – deb yozgan jurnalist. – Umuman, 45 davlatdan 200 dan ziyod xalqaro, O‘zbekistondan esa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan 184 nafar mahalliy kuzatuvchi ushbu muhim siyosiy tadbirni joylarda bevosita kuzatib borganini ta’kidlagan.