O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi.
Berlinda davlatimiz rahbari GFR Kansleri Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani ochdilar.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, “Berlin-Brandenburg” aeroportida oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.