Xabaringiz bor, joriy yil 13 aprelida davlatimiz rahbarining “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizalar 2023 yil 1 maydan qabul qilinishi boshlandi.

Farmon asosida o‘qituvchilarning ba’zi toifalariga imtiyozli asosda subsidiya ajratilishi belgilandi. Imtiyozdan foydalanuvchi o‘qituvchilar toifasiga professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohasida dars berayotgan yoki o‘quv amaliyoti o‘tkazayotgan o‘qituvchilar va ta’lim ustalari imtiyozli shartlarda subsidiya oladilar.

Sh.Mamaturopova, O‘zA