FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “Humo arena” sport majmuasida boks bo‘yicha jahon chempionati caralash bahslari davom etmoqda.

Bugun birinchi bo‘lib hamyurtimiz Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) ringga ko‘tarildi.  Uning raqibi Puerto-Riko vakili Manuel Febus. G‘oyat qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda vakilimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bokschimiz keyingi bosqichda Oler Ibarrache (Ispaniya) va Dmitri Galagot (Moldova) o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan jang qiladi.

-86 kg vazn toifasida bo‘lgan yana bir bokschimiz Shohjahon Abdullayev Erkin Adilbek uulu (Qirg‘iziston) bilan ringda ro‘baro‘ keldi. Bellashuvni to‘la ustunligida o‘tkazgan Shohjahon keyingi bosqich sari dadil qadam tashladi. Bahs yakunida barcha hakamlar qirg‘izistonlik Erkin Adilbek uuluga qarshi kurashgan Abdullayevning g‘alabasini tasdiqlashdi.

Bugun kechki dasturda yana bir sportchimiz bahsga kirishadi: – 80 kgda saralash jangi: Jasurbek Yo‘ldoshev – Yunes Nemochi (Jazoir).

Jahon chempionati bahslari 14 mayga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA