Yaponiya va Fransiya hukumatlari atom energetikasi sohasida yangi hujjat imzolashni rejalashtirmoqda.
Hujjatda reaktorlarning yangi inqilobiy turlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur kelishuv Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutosi Nisimuraning Fransiyaga tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda, deb yozdi chorshanba kuni Sankei Shimbun gazetasi.
Hujjatda reaktiv chiqindilarni kamaytiradigan, yadro yoqilg‘ilaridan yanada samarali va xavfsiz foydalanadigan reaktorlarni yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, AESlarni zarur materiallar bilan ta’minlashda kooperatsiyani kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Aprel oyida Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH va Fransiya jahon bozorining Rossiyaga qaramligini kamaytirish maqsadida yadro yoqilg‘isi va uni barqaror yetkazib berish zanjirini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.