AQSH suvda suzadigan va havoda parvoz qiladigan dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda, kelgusida dron-tanklar ishlab chiqarilishi mumkin. AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli Foreign Affairs jurnaliga bergan intervyusida shu haqda ma’lum qildi.

“Biz suv ustida va suv ostida uchuvchisiz boshqariladigan suzish vositalari ustida eksperiment o‘tkazayapmiz. Shuningdek, uchuvchisiz boshqariladigan zamonaviy qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarni ham sinovdan o‘tkazamiz. Kelgusida uchuvchisiz boshqariladigan yuk tashuvchi transportlar, tanklar va quruqlikda harakatlanadigan vositalarni ko‘rasiz”, – degan general Milli.

“Robotlashtirilgan texnologiyalar harbiy sohada juda tez, hatto o‘ylaganingiz ham tezroq qo‘llanilmoqda”, – deya ta’kidlagan u. Milli shuningdek, kelajakda AQSH harbiylari sun’iy intellekt texnologiyalar hamda kvant kompyuterlarni ham qo‘llashni boshlashi mumkinligini aytgan.

“Mening fikrimcha, bularning barchasi kelajak urushlarida harbiy harakatlarni olib borish tamoyillariga kuchli ta’sirini ko‘rsatadi. Urush harakatlarini olib borishda mazkur texnologiyalarni qo‘llanishini optimallashtira olgan mamlakat, mojaro boshlanishi oldida juda katta ustunlikka ega bo‘ladi”,  – deb yakunlagan u intervyusini.