Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, Turkmaniston O‘zbekistondan jo‘nagan yuk transportlarini Rossiyaning janubiy hududlariga chiqishini ta’minlaydi, deb yozmoqda “Neytral Turkmaniston” gazetasi.

“Sharqiy hududlarni mamlakatimiz markazi bilan bog‘lovchi yuqori tezlikda harakatlanadigan avtotrassalar Ashxabod – Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) avtoboniga bog‘lansa, qo‘shni O‘zbekistondan yo‘l olgan yuk avtomobillar Kaspiy xalqaro dengiz portiga chiqadi. U yerdan Kavkaz, Yevropa, Rossiyaning janubiy hududlari va Eronning shimoliy hududiga, Fors ko‘rfazi va Oman qo‘ltig‘iga dengiz yo‘li orqali yetib olish mumkin”, – deyiladi Berdimuhamedovning bugun Ashxabodda boshlanayotgan xalqaro transport forumi qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida.