Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda respublikaga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi. Bu haqda matbuot xizmati Ostonada tashqi savdo bo‘yicha vazir-delegat, Qozog‘iston-Fransiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Olive Bext bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

“Ishonamanki, Makron mening taklifimni qabul qiladi, tashrif ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli sherikligimizni rivojlantirishga jiddiy turtki bo‘ladi. Fransiya Yevropadagi eng yirik hamkorimizdir”, dedi Toqayev.

Shuningdek, u fransuz biznesining Qozog‘iston bozorida, xususan, neft-kimyo, yashil energiya, aviatsiya va ishlab chiqarish, transport va logistika sohalarida kengroq ishtirok etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlab  berishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida, Bext ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qozog‘iston davlat rahbari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tomonlar xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishgan.

O‘zA