Bugun O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda har ikki mamlakatdan 250 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari, kompaniya va sanoat korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Germaniya biznes vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni, jumladan, respublikada xorijiy investorlar uchun qulay mehnat sharoiti yaratilganini alohida e’tirof etishdi.

“Bohlen Industrie” kompaniyasi boshqaruv direktori Ekbert fon Bolen Xalbax ikki tomonlama munosabatlar rivojlanayotganini ta’kidlab, iqtisodiy sohada olib borilayotgan oqilona siyosatni yuqori baholadi.

– Tajribamdan kelib chiqqan holda, mamlakatingizda biznes muhiti allaqachon hukm surishni boshlaganini, bu borada qilinayotgan salmoqli ishlarni olqishlayman. Ta’kidlashim joiz, O‘zbekiston bozoriga qiziqish katta, bugun bo‘lib o‘tgan biznes-forum ham tadbirkorlarimiz o‘rtasida o‘zaro muloqotni kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Germaniyaning Markaziy Osiyodagi eng muhim savdo hamkori hisoblanadi. Bunda mamlakatning tinimsiz harakati yotibdi. Ya’ni, yurtingiz yangi biznes g‘oya va takliflar uchun hamisha ochiq, bu yo‘lda hukumatingiz tomonidan barcha choralar ko‘rilgan.

Masalan, O‘zbekistonni ishbilarmon vakillarga iqtisodiy ko‘mak taraflama qo‘llab-quvvatlashga tayyor davlat deb bilaman.

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.  

O‘zA