Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o‘rta ta’lim bosqichi 11 yildan 12 yilga uzaytirilmoqda mazmunida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda keltirilishicha, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab maktab o‘quvchilarining o‘rta ta’lim bosqichi 12 yilga uzaytirilib, boshlang‘ich va tayanch o‘rta ta’lim bosqichlarida maktab darsliklarini “A’lo” baholarga topshirgan maktab o‘quvchilari alohida ixtisoslashtirilgan kasbga o‘rgatish maqsadida 12-sinfga o‘tkazilib, ushbu sinfni tugatgan o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlarining tanlagan kasb sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichiga qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Xo‘sh, bu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz bu mavzu yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Laylo Rustamova bilan bog‘landik.
Batafsil videoda
Nozimbek Mardonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA