Har bir insonning erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqini ta’minlash demokratik jamiyatning muhim talablaridan biridir.
Statistika agentligining ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yil aprel holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 36 million 197 ming 781 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2022 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘paygan.
2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 11,4 million(31,7 %) ni hamda mehnatga layoqatli yoshdagilar 20,5 million kishi (56,8 %)ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 4,1 million kishi (11,5 %)ni tashkil etmoqda. Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari aholisi tez o‘smoqda.
Har yili mehnat bozoriga minglab yoshlar kirib keladi. Ularning bandligini ta’minlash, jamiyatga faol integratsiyalashishiga ko‘maklashish doimiy e’tibor va uzluksiz say’-harakatlarni taqozo etadi.
Bugunga qadar, yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirilgan.
M.Toshqorayeva, O‘zA