BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilish bo‘limi direktori Jingyuan Sya va uning texnik maslahatchisi Hafiz Mo‘minjonov Toshkentga keldi.
FAO missiyasining asosiy maqsadi FAO mintaqaviy tadbiri, Yevropa va Markaziy Osiyoda “OSOP” (“Bir mamlakat – bir mahsulot”) mamlakatbay loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha seminar, shuningdek, “OCOP” Milliy ishchi guruhining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan birinchi yig‘ilishida ishtirok etishdan iborat. Tadbirda mintaqaviy va milliy darajadagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, “OSOP” tashabbusini mintaqada amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Missiya doirasida xorijiy mehmonlar FAOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi hamkasblari bilan uchrashib, mamlakatda o‘simliklarni himoya qilish bilan bog‘liq asosiy tadbirlar, xususan, “OSOP” tashabbusini amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, rasmiy tadbirlar yakunlangach, missiya a’zolari “OSOP” tashabbusi uchun ustuvor qishloq xo‘jaligi mahsulotini tanlash maqsadida fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurishni hamda qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot, konsultatsiya, ta’lim va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari bilan tanishishni rejalashtirgan. Chet ellik mehmonlar “OSOP” tashabbusini yanada rivojlantirishni muhokama qilish uchun mahalliy olimlar va ekspertlar, yirik fermer xo‘jaliklari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan uchrashishlari va muloqot qilishlari ham ko‘zda tutilgan.
“OSOP” Milliy ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bilan bir qatorda o‘tkaziladigan tadbir va seminar mamlakatimizda o‘simliklarni himoya qilishni rivojlantirish va “OSOP” tashabbusi doirasidagi ishlarni kuchaytirishga alohida hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Tashrif 6 maygacha davom etadi.
M.Toshqorayeva, O‘zA