Kitob Ozarbayjon fanlari Milliy akademiyasining Nasimiy nomidagi til instituti turkiy tillar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Gyunel Mirzoyeva muallifligida bosmadan chiqqan.

AZERTAJ agentligining xabar berishicha, Olimlar kengashi qarori bilan nashrdan chiqqan ushbu so‘zlashuv lug‘ati akademik Kamol Abdulla, institutning ilmiy rektori, turkolog Elchin Ibragimov g‘oyaviy rahbarligida tayyorlangan. Kitobga professor Saodat Muhammedova (O‘zbekiston) hamda Ismoil Mamedov retsenzentlik qilgan.  

So‘zlashuv lug‘atida o‘zbek yozuvining qisqacha tarixi, shuningdek, o‘zbek tilining lotincha grafikasi haqida ma’lumot berilgan. Nashriyot  o‘zbek, ozarbayjon va turk xalqlari o‘rtasida madaniy aloqalarni kengaytirishga, muhimi  –  uch tilli lug‘atning bo‘shliqlarini to‘ldirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.