– Toshkent shahridagi ellikta uchastka aholini identifikatsiyalash elektron uskunasi bilan jihozlangan, ushbu texnologiyalar referendum uchun sinovdan o‘tkazildi, – deydi missiyaga rahbarlik qilgan Albert Yonsson.
Yangi, zamonaviy texnologiyani bosqichma-bosqich joriy etish yaxshi saylov amaliyotiga mos kelishi xususida ham so‘z yuritildi.
Matbuot anjumanida, shuningdek, kuzatuvchilar tashviqoti tadbirlarining, qariyb, 90 foizi nogironlar uchun ochiq bo‘lgani aytildi. Ba’zi o‘quv video lavhalarida imo-ishora tili ishlatilgani, kampaniya muvaffaqiyatli faoliyat yuritgani qayd etildi.
Jurnalistlar bilan muloqotda DIIHB missiyasi Jinoyat kodeksining texnik tashkil etilishi va tayyorgarligini ijobiy baholadi. Referendum tinch o‘tgani, kuzatuvchilar jarayonda to‘la-to‘kis ishtirok etgani e’tirof etildi.
Behruz Xudoyberdiyev,
O‘zA