Xo‘sh, ushbu kartalarni kimlar olishi mumkin?

• 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari, nogironlari hamda ularga hamrohlik qiluvchi shaxs;

• Afg‘onistonda va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;

• haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

• Chernobыl AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

• nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va unga safarlarda hamrohlik qiluvchiga.

Imtiyozli transport kartasini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

 

Nozimbek Mardonov O‘zA

 

Nozimbek Mardonov O‘zA