“Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida bu yil o‘tgan yillarga nisbatan ancha ko‘p OAV vakilining ishtirok etayotgani unga qiziqish oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tanlov hakamlar hay’ati kelib tushgan ijodiy ishlarning har birini sinchiklab ko‘rib chiqish,ayni kunda tanlovda ishtirok etish istagini bildirayotgan OAV vakillariga imkoniyat berish, ularning ijodiy ishlarini yana ikki hafta davomida qabul qilish taklifini bermoqda.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanloviga OAV vakillari ijodiy ishlarini yana ikki hafta davomida Uyushmaning (99-466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegrami orqali qabul qilinishini ma’lum qiladi.

Murojaat uchun telefon: 71-244-37-87.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi