O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus davlat pedagogika institutida “Adolatli jamiyat uchun ovoz beramiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan mazkur ta’lim muassasasi talaba yoshlariga partiyaning “Ayollar va yoshlar qanoti” a’zolari hamda partiya volontyorlari tomonidan targ‘ibot vositalari tarqatilib, yangi Konstitutsiyaga oid jonli muloqot va savol-javoblar o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, yangi Konstitutsiyaning 79-moddasida belgilangan, ya’ni, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishi hamda ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

bugungi o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Tadbir  ko‘tarinki  kayfiyat bilan kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA