BMT Xavfsizlik kengashi Toliblarning ayollar ishlashini taqiqlash bo‘yicha chiqargan qarorini qoralovchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Chorshanba kuni TASS muxbiri shu haqda ma’lum qilgan.

Rezolyutsiyani o‘nlab mamlakatlar qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur hujjat ayollarning ishlashiga qo‘yilgan taqiqni qoralaydi va Afg‘oniston hukumatini bunday qarorni bekor qilishga chaqiradi, deyiladi xabarda.

Toliblar 2021 yil hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ko‘p o‘tmay qizlar va ayollarning maktab va universitetlarda ta’lim olishini chekladi. 2022 yilda esa ayollarning ishlashiga cheklov qo‘yildi, 2023 yil boshidan ushbu cheklov kuchaytirildi.

Natijada bir necha haftadan buyon BMTning Afg‘onistondagi missiyasi xodimalari o‘z vazifasini bajara olmayapti, ya’ni ishga chiqa olmayapti. Shu tufayli BMTning mazkur mamlakatdagi gumanitar yordam ko‘lami qisqargan.