O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining matbuot kotibi xabariga ko‘ra, 2023 yil 1-aprel holatiga 80 tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 million so‘m ijtimoiy soliq qaytarilgan.

2024 yil 1-martga qadar ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi. Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Sh.Mamaturopova, O‘zA