Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahar tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Yevgeniy Grigorev boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari Sankt-Peterburg shahar ma’muriyati delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining o‘ziga xos jihatlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada manfaatli aloqalarning rivojlanish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda yoshlarga oid hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida ikki tomonlama hamkorlik holati, kelgusi rejalar, o‘tkaziladigan tadbirlarda hamjihatlikni mustahkamlash, tajriba almashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA