Mamlakatimizda shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon — Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumga ham oz fursat qolmoqda.

Kuni kecha ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimini tajriba-sinov tariqasida ayrim referendum uchastkalarida joriy etish uchun MSK tomonidan seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur biometrik identifikatsiya qurilmalari ilk bor 14-Toshkent shahar referendum okrugining 50 ta uchastkasida tajriba-sinov tariqasida joylashtirilmoqda.

Shuningdek, chet elda yurgan vatandoshlarimiz uchun Google xaritasida mamlakatimizning xorijdagi referendum uchastkalari manzillari kiritilgan bo‘lib, fuqarolarimiz undan referendum o‘tkaziladigan 55 ta uchastka haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.

O‘. Alimov, D. Yoqubov (video), O‘zA