Xitoy BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning xalqaro moliya istitutlarini isloh qilish bo‘yicha ilgari surgan taklifini qo‘llab-quvvatlaydi, deb bayonot berdi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida Xitoyning ushbu xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Chjan Szyun.

RIA Novosti yozishicha, Chjan Szyun – “Biz bosh kotib Guterrishning xalqaro moliya muassasalari isloh qilinishiga qaratilgan  taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz.  Global boshqaruv tizimini yaxshilash uchun zudlik bilan harakat qilish kerak”, – degan.