FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston xalq rassomi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sohibi, akademik Jolliboy Izentayev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar J. Izentayevning hayoti va ijodiga nazar solib, rassom yaratgan rang-tasvir asarlarida insoniy tuyg‘ular o‘ziga xos uslubda namoyon bo‘lgani va ular asrlaru zamonlar osha badiiy qimmatini yo‘qotmasligini e’tirof etdilar. Rassomning milliy san’atimizga qo‘shgan hissasi beqiyos ekani hamda u bosib o‘tgan yo‘l yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Mehmonlarda ushbu maktab-internatining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma katta taassurot qoldirdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA