Tabiat resurslari vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan 382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Ustyurt tekisligi hududiga qo‘yib yuborildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” hamda “Tabiatni muhofaza qilish halqaro uyushmasi qizil kitobi” ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ushbu noyob qushlar O‘zbekistonda asosan Qizilqum cho‘lida, undan tashqari Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi. G‘arbiy Osiyo janubi Hindiston davlatida qishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri