FOTOREPORTAJ
Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Taxmina Ikromova halqadagi mashqda, shuningdek, guruh mashqida 5 halqa bilan chiqish qilgan qizlarimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Halqa:
🥇 Sofiya Rafayeli (Italiya) 🇮🇹,
🥈 Margarita Kolosov (Germaniya) 🇩🇪,
🥉 Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) 🇺🇿.
5 halqada guruh mashqi:
🥇 Xitoy 🇨🇳,
🥈 Qozog‘iston 🇰🇿,
🥉 O‘zbekiston 🇺🇿 (Yekaterina Fetisova, Mumtozabonu Isxokzoda, Nargiza
Jumaniyozova, Ruhshona Dehqonova, Irodaxon Sodiqova).
Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Jahon kubogi bosqichi yakuniga yetgach, musobaqaning tantanali yopilish marosimi hamda gala – konsert bo‘lib o‘tdi. Konsertda gimnastikachi qizlarning ham o‘z chiqishlari bilan qatnashgani barchaga manzur bo‘ldi.
Tantanali marosimda Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.
Muhammad AMIN (surat),O‘zA