Rossiyada josuslikda ayblanayotgan “The Wall Street Journal” gazetasining jurnalisti Evan Gershkovich qamoqxonadan AQSHdagi oilasiga rus tilida maktub yozdi, deb xabar berdi o‘zi ishlaydigan nashr.
Gazetaga ko‘ra, Gershkovich ikki varaqdan iborat qo‘lda bitgan maktubini 5 aprelda yozgan.
Filadelfiyada istiqomat qilayotgan jurnalistning ota-onasi juma kuni xatni olgan.
“Ta’kidlamoqchimanki, umidimni uzmayapman. Men o‘qish bilan mashg‘ulman, jismoniy mashq qilyapman va bir nimalarni yozyapman. Oxir-oqibat yaxshi bir narsa chiqishi kerak”, deb yozdi mahbus.
Xat oxirida “ko‘rishguncha”, deyilgan.
Bu uning Rossiyada hibsga olinganidan keyin oilasi bilan birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasidir.
Gershkovichning ota-onasi, nashrning qayd etishicha, sobiq Sovet Ittifoqidan 1979 yilda hijrat qilishgan.
O‘zA