Turkiyaning O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i tabiat, tarix va madaniyatning mukammal uyg‘unligi bilan har yili millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Turkiyaning Antaliya shahri o‘zining betakror tabiati, iliq havosi va feruzarang dengizi bilan butun dunyoga mashhur. Xalq orasida Turk Riviyerasi nomi bilan tanilgan bu joyda suv ostiga sho‘ng‘ish, yirik golf maydonlari, trekking marshrutlaridan foydalanish hamda milliy oshxona taomlaridan bahramand bo‘lish mumkin. Shuningdek, bu yerda antik davrga oid ko‘plab tarixiy obidalar bor.

Turkiya Riviyerasining markazida joylashgan Antaliya shahri o‘zining 229 ta sohili va afsonaviy tarixiy diqqatga sazovor yer usti boyliklari bilan dunyoga mashhur. Bu yerga kelgan sayyohlar maftunkor Karain, Dim va Damlatash g‘orlarini o‘zlari uchun kashf etishlari mumkin. Antaliya viloyati chegaralarida dunyodagi eng hayajonli trekking (piyoda yurish) yo‘llari, jumladan, Likiya yo‘li, Pisidiya yo‘li va Avliyo Pol yo‘llari mavjud. Antaliyadagi Kash mahallasi dunyodagi eng yaxshi 10 ta sho‘ng‘ish nuqtalaridan biri hisoblanadi.  Belek bir vaqtning o‘zida jahon darajasidagi golf maydonlari bilan e’tirofga sazovor.

Antaliya O‘rta yer dengizi havzasidagi ko‘plab tabiiy mo‘’jizalari bilan tanilgan Afyonkarahisar, Antaliya, Burdur, Isparta va Koniya viloyatlari chegaralari ichidagi hududni o‘z ichiga olgan Akshehir, Burdur, Beyshehir, Eirdir, Kovada va Salda kabi 16 ta ko‘lga ega bo‘lgan mintaqadir.

Turk xalqining asosiy atirgul va lavanda yetishtiriladigan hududi Isparta tumanida joylashgan bo‘lib, u O‘rta yer dengizining tabiiy go‘zalligidan bahramand bo‘lishni istaganlar uchun turli imkoniyatlarni taqdim etadi. Toros tog‘larining narigi tomonidagi ushbu yashirin marvaridlarni o‘rganayotganda binafsha rangdagi lavantalarning jozibakor manzarasiga ajablanmasdan iloj yo‘q.

Shuningdek, O‘rta yer dengizi oshxonasi Turkiyaning eng boy va eng xilma-xil taomlari bilan barcha nozikta’b insonlarning ham e’tiborini tortadi. Organik zaytun moyi bilan tayyorlangan sabzavotli va go‘shtli taomlar ziravorlar bilan birgalikda o‘zgacha hisni uyg‘otadi, baliq va dengiz mahsulotlari yanada xushta’mligi bilan ajralib turadi.

 

O‘zA