Yon qo‘shni jon qo‘shni

Fransiya Prezidentining maxsus vakili Izabel Dyumon Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston axborot agentligi – “Kabar” ma’lum qildi.

Martabali mehmon muzeyning boy ashyolari bilan tanishtirildi.

Dyumonga Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti direktori Bualeg va ushbu mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi Fransua Delaus hamrohlik qildi.

Fransiya yetakchisi vakili muzeyshunos hikoyasini qiziqish bilan tingladi va qardosh yurt tarixi, madaniyati bo‘yicha aniq savollar berdi. U, ayniqsa, qirg‘izlarning cholg‘u asboblari va milliy uyiga jiddiy qiziqish bildirdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA