Ukraina mojarosi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdagi uzilishlar va narx-navoning ko‘tarilishi kam daromadli mamlakatlar uchun keskin muammolarni keltirib chiqaradi, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) byudjet-soliq munosabatlari departamenti boshqaruvi rahbari Paulo Medas RIA Novostiga.

“Bizni ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari va ularni yetkazib berish narxlarining o‘zgarishi xavotirga solmoqda. Bu kam daromadli mamlakatlar uchun keskin vaziyatni keltirib chiqaradi”, – dedi u XVJ va Jahon bankining Vashingtonda bo‘lib o‘tgan bahorgi konferensiyasida so‘z olib.

Medasning ta’kidlashicha, don va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdagi uzilishlar narx-navoning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi hamda Ukraina va Rossiyadan import qilayotgan mamlakatlar uchun ko‘plab muammolarni yuzaga keltiradi.