Xalqaro turizmni rivojlantirish va O‘zbekistonga xorijiy sayohatchilar oqimini oshirish maqsadida joriy yilda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan kuni kecha poytaxtimizdagi Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida “Orient Silk Road Express” nomi ostida dastlabki xalqaro sayyohlik charter poyezdi o‘z qatnovini boshlab berdi.

“Toshkent – Buxoro – Xiva – Samarqand – Qamashi – Kitob – Turkiston – Bishkek – Olma-Ota” yo‘nalishida harakatlanayotgan mazkur poyezdda Norvegiya, Shvetsariya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlardan kelgan sayohatchilar guruhi o‘rin olgan.

Biz fursatdan foydalanib, xorijlik yo‘lovchi sayyohlardan safar oldi fikrlarini yozib oldik.

Bu haqda batafsil O‘zAning YouTube kanalida tanishishingiz mumkin.

O‘tkir Alimov,

 Yoqub Meliboyev (video), O‘zA