O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Mazkur farmonda uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun ham bir qancha yengilliklar berilayotgani ko‘rsatilgan. Jumladan:

-Qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

-Pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi;

Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi;

-banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyotini davom ettiriladi.

Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.

– Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensatsiya – har bir uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘midan, kafillik – 2,5 mlrd so‘midan oshmagan miqdoriga beriladi.

-2025 yil 1 yanvarga qadar yuqori markali sement, arralanadigan yog‘och, fanera, taxtadan yasalgan opalubka va oynani import qilishda bojxona bojining “0” stavkasi qo‘llaniladi;

O‘zA