Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalarini telekanallar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishni ta’minlash belgilangan.

Chunki bu mahalliy Kengashlarda ochiqlik ta’minlanishi, ular faoliyatidan aholi va keng jamoatchilik xabardor bo‘lishida muhim o‘rin tutadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur tartibning mahalliy Kengashlar tomonidan 2022 yil davomida ijro etilishi holatini tahlil qildi.

Agentlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, o‘rganish davomida kengashlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi ko‘rib chiqildi. Bunda sessiyalar to‘g‘risida e’lon qilingan qisqa xabarlar yoki foto va videoreportajlar farmon talablari ijrosini ta’minlamaganlik sifatida baholandi. Shuningdek, masofaviy monitoring tartibida translyatsiyalarning sifati va to‘liqligi o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2022 yil davomida xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan jami 245 sessiya o‘tkazilgan. Ulardan faqatgina 61 tasi, ya’ni 25 foizi mahalliy telekanallar yoki internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Misol uchun, xalq deputatlari Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar kengashlari tomonidan 2022 yil davomida o‘tkazilgan bironta sessiya jonli efirga uzatilmagan.

Xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari sessiyalarining onlayn efirga uzatilish holati
(2022 yil davomida)

HududlarO‘tkazilgan sessiyalar soniEfirga uzatilgan sessiyalar soniJonli efirga uzatilmagan sessiyalar
Jizzax viloyati11011 (100%)
Toshkent shahar22022 (100%
Namangan viloyati707 (100%
Xorazm viloyati17017 (100 %)
Farg‘ona viloyati13013 (100%)
Surxondaryo viloyati24123 (96%)
Qashqadaryo viloyati18315 (83%)
Andijon viloyati14410 (71%)
Toshkent viloyati22418 (82%)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi1578 (53%)
Sirdaryo viloyati1486 (43%)
Navoiy viloyati1798 (47 %)
Samarqand viloyati261115 (54%)
Buxoro viloyati251411 (44 %)
Jami24561184 (85 %)

Shuningdek, o‘rganish davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holati ham tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, 2022 yil davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan respublika bo‘yicha jami 3 ming 154 sessiya o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan faqatgina 750 tasi, ya’ni 24 foizi mahalliy telekanallar yoki internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida 13 ta (O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Toshkent t., Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Quyichirchiq, Parkent, Angren, Chirchiq, Nurafshon, Yangiyo‘l), Andijon viloyatida 8 ta (Andijon t., Jalaquduq, Baliqchi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Asaka, Buloqboshi), Buxoro viloyatida 6 ta (Shofirkon, Kogon, Peshku, Romitan, Jondor, G‘ijduvon), Qashqadaryo viloyatida6 ta (Shahrisabz, Dehqonobod, Muborak, Qarshi shahar, G‘uzor, Nishon), Navoiy viloyatida 4 ta (Tomdi, Xatirchi, Konimex, Navbahor), Namangan viloyatida 4 ta (Chortoq, Chust, Kosonsoy, Uychi), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta (Qo‘ng‘irot, Beruniy, Bo‘zatov), Xorazm viloyatida 3 ta (Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Xiva sh.), Surxondaryo viloyatida 2 ta (Denov, Sariosiyo), Samarqand viloyatida 1 ta (Qo‘shrabot) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalari umuman jonli translyatsiya qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilish holati
(2022 yil davomida)

Hudud (tuman, shahar)O‘tkazilgan sessiyalar soniEfirga uzatilgan sessiyalar soniJonli firga uzatilmagan sessilar soni
Jizzax viloyati25025 (100%)
Toshkent shahar2350235 (100%)
Namangan viloyati1195114 (96%)
Farg‘ona viloyati3166310 (98%)
Andijon viloyati1766170 (97%)
Qashqadaryo viloyati18229153 (83%)
Navoiy viloyati17531144 (82%)
Sirdaryo viloyati16851117 (70%)
Toshkent viloyati40254348 (87%)
Buxoro viloyati26766201 (75%)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi25467187 (74%)
Xorazm viloyati21971148 (68%)
Surxondaryo viloyati21512392 (43%)
Samarqand viloyati401241160 (40%)
Jami3 1547502 404 (76%)

 

 

O‘zA