Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Jumladan fuqaro N.K. fuqaro T.S.ga “V” toifali haydovchilik guvohnomasini nazariy va amaliy imtihonlarga qatnashmasdan olib berish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri