Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Bo‘zatov tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tabdirida baliqchi brakonerlar “qarmoqqa” ilindi.

Jumladan, fuqaro T.A. va T.B.lar Ellikqal’a tumani “Aqshadaryo” kollektoridan 157 dona zog‘ora baliq ovlagani aniqlandi. Natijada tabiatga 47,1 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90/4 moddasiga asosan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri