Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiyev Taxiatosh tumani aholisi tomonidan bildirilgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Xususan, dastlab tumanning “Taxiatosh” mahallasidagi eski yillarda qurilgan va hozirda avariya holatidagi hamda “Nurli kelajak“ va “Xalqlar do‘stligi” mahallalaridagi ko‘p qavatli uy-joylar ahvoli, kommunal xizmatlardagi masalalar, shuningdek, bugungi kunda ishdan chiqqan va ta’mirtalab ahvoldagi oqava suv tizimidagi muammolarni o‘rgandi.

Bundan tashqari, tumandagi 9-sonli bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti hamda sport maktabidagi kapital ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, uning moliyalashtirilishida yuzaga kelgan muammoning hal etilishi yuzasidan  amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarning bartaraf qilinishi va bildirilgan takliflarning hal etilishiga doir zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri