Vaqtli matbuotni kuzatib, gazetalar kundalik hayotimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib ulgurganini his etib turamiz.

“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning 3 aprel kuni Fransiya Prezidenti maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, 3 aprel kuni davlat rahbari raisligida o‘tgan ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish sharhi e’tiborli.  Og‘izbirchilik falsafasi, qayta tiklanuvchi energetika, obodlik – farovonlik, soliqchi – xalq xizmatkori kabi sahifalarda bugungi hayot shiddati, manzaralari aks etgan. “Tomorqasidan xazina topgan dehqon”, “Ular aslo kam emas – davlat g‘amxo‘rligi shundan dalolat berayotir” maqolalari, Moturudiya ta’limotiga asoslangan “Inson aql-zakovatining o‘rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor. Bashariyat bugungi kunda ham bunday g‘oyalarga katta ehtiyoj sezmoqda” kabi sahifa ham muhim va dolzarb.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq sahifa, sharh e’lon qilingan. Gazetaning bugungi sonida bir qator muhim masalalarga e’tibor qatratilgani diqqatni tortadi. “Bosh Qomusda har bir shaxs o‘z himoyasi va manfaatini ko‘rayotir”, “Inson huquqlari va erkinliklari kafolati yanada kuchaytirildi” kabi maqolalarda yangilanayotgan Konstitutsiya va inson qadri xususida so‘z boradi. Biz va jahon sahifasida berilgan “Tokioda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati…”, “Yevropalik deputatlar o‘zgarishlarni yuqori baholashdi” kabi sahifalarda Bosh Qomusimizda aks etayotgan o‘zgarishlarga tashqi dunyo munosabatini ko‘ramiz. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan e’lon qilgan “Buyuklik shukuhi” essesi o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

bugungi gazetalarni o‘qing.

                                                                                               O‘zA