Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi,  vaqti-vaqti bilan  yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  vaqti-vaqti bilan  yomg‘ir yog‘adi.  Navoiy viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi  15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi  18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘di, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi  2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

4-7 aprel kunlari Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

4 aprel kuni tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor.

O‘zA