FOTOREPORTAJ

Nukus yoshlar texnoparkida intiluvchan yigit-qizlarga kompyuter savodxonligi, grafik dizayn, robototexnika, 3D modellashtirish, akseleratsiya kabi 9 ta yo‘nalishda saboq beriladi. Maskan zamonaviy texnika, laboratoriya va ustaxona uskunalari bilan ta’minlangan.

Ayni vaqtda o‘quv kurslari bitiruvchilarining g‘oyalari startap shakliga keltirilib, “Bo‘lajak olim”, “Technoways”, “Start4 Region” kabi tanlovlarga 50 ga yaqin loyiha topshirilgan. Shuningdek, “Orol dengizining qurg‘oqchil hududida urug‘chilik plantatsiyasini tashkil etish” mavzusida umumiy qiymati 955 million so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu dengizning qurigan tubidagi yerlardan foydalanish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirishga xizmat qiladi.

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA