FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi «Uz-Kor Gas Chemical» qo‘shma korxonasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, turli sohada yuksak marralarga erishayotgan va yurtimizdagi yangilanishlar samarasida o‘z kasbi orqali obro‘-e’tibor topgan hamyurtlarimiz muhim siyosiy jarayon  haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir doirasida  estrada yulduzlarining konsert dasturi  barchaga xush kayfiyat va yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA