FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Qidirboy Jusipbekovning xotirasiga bag‘ishlangan respublika turniri bo‘lib o‘tdi. Unda  9 vazn toifasida 109 nafar iqtidorli polvon g‘oliblik uchun bellashdi.

Musobaqa yakunida Mo‘ynoq tumanidan Mirzakarim Jiyenboyev, Sultonbek  Olimboyev, Jasur Omonboyev, Nukus shahridan Nurasil O‘rolboyev, Sherzod Medetboyev, Ruslan Toliboyev, Qo‘ng‘irot tumanidan Boybek Adaubayev, Nukus olimpiya va parolimpiya zaxiralari  kollejidan Shuhrat Abilakov, Iqlos Kenesboyev o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni  qo‘lga kiritdi.

G‘olib sportchilar O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tayyorlangan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA