Tojikiston va O‘zbekiston davlat sarhadi tutashgan joyda “Andarxon” transchegaraviy bozoriga poydevor qo‘yildi. Qurilishni boshlash marosimida So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmad boshchiligidagi delegatsiya, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Tojikistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, ikki mamlakat tadbirkorlari va ishbilarmonlari ishtirok etishdi.

5 gektar maydonda barpo etiladigan “Andarxon” bozori uchun O‘zbekiston tomonidan 8 million dollar ajratildi. Majmua tarkibida 200 do‘kon, bank filiali, restoran va oshxonalar, mehmonxona, logistika markazi jam bo‘ladi. Ahamiyatlisi, bu yerda, asosan, Tojikiston va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotiladi. Bu o‘zaro tovar aylanmasi hajmi oshishiga xizmat qiladi.

O‘zA