Oxirgi 4 yil ichida yurtimizda generatsiya quvvatlarini oshirish maqsadida xalqaro kompaniyalar bilan umumiy qiymati 10 milliard 148 million dollarga teng, umumiy quvvati 11 955 MVt bo‘lgan 25 ta elektr energiyasini sotib olish shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolandi.
Mazkur bitimlarga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 11 955 MVt bo‘lgan 25 ta elektr stansiya (9 ta issiqlik, 9 ta quyosh va 7 ta shamol elektr stansiya) ishga tushiriladi.
Bu O‘zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 60 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
O‘zA