O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari uchun keng sharoitlar yaratilmoqda va ularning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. Ammo bunday imkoniyatlarning ayrim tadbirkorlar tomonidan suiiste’mol qilinayotganligini oqlab bo‘lmaydi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xaridor bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar iste’molga yaroqlimi-yo‘qmi, bu haqda muvofiqlik sertifikati va boshqa hujjatlarni sotuvchidan so‘rashga haqli, sotuvchi esa xaridor so‘ragan hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Ammo, negadir mana shu oddiy tartibga amal qilinmasligi sotuvchilik mas’uliyati, iste’molchi va sotuvchi huquqlaridan tadbirkorlarning xabardor emasligini ko‘rsatadi. Shu bois bozorlarda iste’molga yaroqliligi shubha ostida bo‘lgan mahsulotlar ortib bormoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining mas’ul xodimlari fuqaro murojaati asosida surishtiruv o‘tkazdi.
O‘zAni kuzatib boring!